Turki Al ash SHayh: "Kanelo - Krouford jangida menga do'stim Dana Uayt yordam beradi"
"12 sentyabr kuni Las-Vegasda asr jangi bo'lib o'tadi. Kanelo The Ring kamari uchun tengsiz Terens Kroufordga qarshi jang qiladi.
Televizion platformani yaqin kunlarda elon qilamiz – bu katta syurpriz. Do'stim Dana Uayt men bilan birga ushbu boks kechasini tashkil etadi. Bu juda katta voqea bo'ladi", — deb yozdi Turki.
Eslatib o'tamiz, Kanelo va Krouford o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi 12 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt Turki al ash SHayh bilan boks promousheni yuzasidan hamkorlik kelishuviga erishgandi.
O'xshash:
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi